Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Onlayn uchrashuvda istiqbolli vazifalar muhokamasi

Istiqbolli hamkorlikni mustahkamlash maqsadida joriy yilining 6 may kuni Oʼzbekiston Milliy universiteti va Beolorus Davlat universiteti oʼrtasida hamkorlikning dolzarb masalalari va ustivor sohalarida oʼzaro kelishuvlarni amalga oshirishning hozirgi holati muhokamasiga bagʼishlangan onlayn uchrashuv boʼlib oʼtdi. Uchrashuvda ikki universitetning rektorlari Inom Madjidov va Аndrey Korolь hamda soha prorektorlari, dekanlar ishtirok etishdi.

Ilgari maʼlum qilganimizdek 2021 yil fevralь oyida universitetlar oʼzaro hamkorlik memorandumini imzolagan edilar. Mazkur uchrashuvda hamkorlik doirasida amalga oshiriladigan ishlarni yana bir bor belgilab olish, masʼullar tayinlash va ularni bosqichma-bosqich amalga oshirish yuzasidan muzokaralar olib borildi. Videomuloqotda asosan quyidagi masalalar yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi:

  1. Аerokosmik texnologiyalari yoʼnalishida OʼzMU va BDU qoʼshma taʼlim dasturi;
  2. Hammualliflikda yaratiladigan darsliklarning yubiley soni;
  3. Hamkorlikda yoshlar tadbiri va ilmiy loyihalar tashkil qilish;
  4. Halqaro reytingda tajriba almashish;
  5. “Dorivor birikmalar kimyosi” mutaxassisligida qoʼshma taʼlim dasturini yoʼlga qoʼyish. Muzokaralar yakunida tomonlar erishilgan barcha kelishuvlarni amalga oshirishga oʼzaro sodiqligini, shuningdek, yuzaga kelayotgan masalalar yuzasidan tezkor kelishish va hamkorlikning yangi yoʼnalishlarini ishlab chiqish uchun muntazam muzokaralarning dolzarbligi va samaradorligini taʼkidladilar.

Xalqaro aloqalar boʼyicha prorektor

Raima Shirinova