Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O’zaro manfaatli hamkorlik memorandumi imzolandi

2022-yilning 28-mart kuni Oʼzbekiston Milliy universiteti va Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy meros va zamonaviy tadqiqotlar instituti oʼrtasida ilm-fan, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rivojlantirish sohasida Hamkorlik memorandumi imzolandi. Tomonlar ilm-fan va taʼlim tizimini rivojlantirish, jamoalarda axloqiy-ruhiy muhitni sogʼlomlashtirish yuzasidan sotsiologik va psixologik tadqiqotlar oʼtkazish, milliy harbiy sanʼat tarixi, buyuk ajdodlarning boy merosi, boshqaruv va sarkardalik mahorati, strategiya va taktikaning rivojiga qoʼshgan hissasi boʼyicha fundamental va amaliy tadqiqotlar oʼtkazish bo'yicha fikr almashdilar. Shuningdek, respublikamiz tarixi bilan bogʼliq boʼlgan harbiy tarixiy ahamiyatga ega tarixiy hujjatlar va voqealar tafsilotlarini tadqiq etish, zarur materiallarni toʼplash, tahlil etish ishlarini tashkillashtirish, xorijda saqlanayotgan harbiy sohaga oid ilmiy-tadqiqotlar olib borish borasida ham kelishib olindi.

O’zMU Axborot xizmati