O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI 3 TA FAN YO‘NALISHI BO‘YICHA DUNYONING ENG KUCHLI UNIVERSITETLARI QATORIDAN JOY OLDI.

Quacquarelli Symonds xalqaro reyting agentligining “QS World University by Subject Rankings 2023” natijalariga ko‘ra O‘zbekiston Milliy universiteti quyidagi 3 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha dunyoning eng kuchli universitetlari ro‘yxatidan o‘rin egalladi:
👉 “Matematika” yo‘nalishi (351-400 o‘rin);
👉 “Zamonaviy tillar” yo‘nalishi (151-200 o‘rin);
👉 “Fizika va astronomiya” yo‘nalishi (501-550 o‘rin).
🔹O‘zbekiston Milliy universiteti “Matematika” yo‘nalishidagi xalqaro natijalarda 100 pog‘ona ko‘tarilib 351-400 o‘rinlar qatoridan joy oldi. “Zamonaviy tillar” yo‘nalishida dunyoning kuchli 151-200 universitetlar ro‘yxatiga kirdi. “Fizika va astronomiya” yo‘nalishi bo‘yicha esa 551-600 o‘rinlar qatorini band qildi.
O'zMU Axborot xizmati