Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O‘zbekiston milliy universiteti jamoasi Talabalar ligasi kubogi g‘olibiga aylandi!

🏆O‘zbekiston milliy universiteti jamoasi Talabalar ligasi kubogi g‘olibiga aylandi!

Bugun Talabalar ligasi bahorgi mavsumi yakunlanishi ortidan 2022/23-o‘quv yili doirasidagi har uchala mavsum sarhisob qilindi.

Turnir yilidagi kuzgi, qishki va bahorgi mavsum yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston milliy universitetining “2-vedomostga qolganlar” jamoasi turnir yili g‘olibi deb topildi.

Turnir nizomiga ko‘ra, yil g‘olibi, Talabalar ligasining ilk kubogi O‘zbekiston milliy universiteti jamoasiga topshirildi.

Turnir yili bo‘yicha quyidagi jamoalar kuchli uchlikni egalladi:

🥇1-o‘rin: 2-vedomostga qolganlar (O‘zbekiston milliy universiteti) jamoasi;
🥈2-o‘rin: Dream team (Buxoro davlat tibbiyot instituti) jamoasi;
🥉3-o‘rin: Galaktikos (Urganch davlat universiteti) jamoasi.