Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O‘zbekiston Milliy universiteti – Markaziy Osiyo ilm-fan va ta’lim flagmani

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Tarix fakulteti “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” kafedrasi hamda Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan universitet tashkil etilganligining 105 yilligiga bag‘ishlab “O‘zbekiston Milliy universiteti – Markaziy Osiyo ilm-fan va ta’lim flagmani” mavzusida iqtidorli talabalarning xalqaro ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.