Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O’zbekiston Milliy universiteti “Muruntov” forumida

Joriy yilning 25-26 mart kunlari O‘zbekiston Milliy universitetining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori X.Saburov, Geologiya va geoinformatsion tizimlar fakulteti dekani A.Umarov, kimyo fakulteti “Polimerlar kimyosi” kafedrasi professor v.b. D.Bekchanov hamda “Analitik kimyo” kafedrasi dotsenti U.Ro‘zmetovlar Navoiy Davlat Konchilik institutida tashkil etilgan “Muruntov” forumi OTMlar va hududiy korxonalar vakillari amaliy seminarida ishtirok etdilar. Seminarda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Navoiyazot” AJ, “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi, “Navoiyuran” davlat korxonasi, “Navoiy KMK jamg‘armasi” davlat muassasasi, “Navoiy issiqlik elektr stantsiyasi” AJ, “Qizilqumtsement” AJ, “Elektrokimyozavodi” qo‘shma korxonasi AJ, “Navoiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ vakillari ham ishtirok etishdi. Tadbirda unversiteti vakillari “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”ga va “Navoiyazot” AJ ning ishlab chiqarish obyektlariga tashrif buyurdilar. Tadbirda o‘zaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, laboratoriya bazalaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

O’zMU Axborot xizmati