O’zbekiston Milliy universiteti talabasi «Renessans davri: ilmiy tadqiqotlar yetakchisi» g’olibi !

Jamiyatimizda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug'ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga yo'naltirilgan keng ko'lamli ishlar amalga oshirilishiga munosib hissa qo'shib kelayotgan, shuningdek, mamlakatimizning barcha hududlarida ommaviy sportning inson va jamiyat hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va ma'naviy sog'lomlikning asosi ekanini targ'ib qilish, iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida sidqidildan Taekvondo va sport faoliyati fakultetida mehnat qilib kelayotgan professor-o'qituvchilarimiz hamda sport musobaqalarida yurtimiz bayrog'ini jahon sport arenalarida yuqori ko'tarib kelayotgan iqtidorli sportchilarimiz mazkur fakultetda taxsil olmoqdalar.






2022 yil 8 oktabr kuni M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shaxridagi filialida o'tkazilgan ''Renessans davri: ilmiy tadqiqotlar yetakchisi'' xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida Taekvondo va sport faoliyati fakulteti professor-o'qituvchisi Qodirjon Arzibaev hamda fakultet iqtidorli talabasi Aziza Xolovalarning “Universitet sportchi talabalarining sportdagi psixologik holatini o'rganish va taxlil qilish” mavzusida yozgan ilmiy maqolasi tashkilotchilar tomonidan yuqori baholanib, xalqaro ilmiy-amaliy tanlovida g'olib deb topildi va ilmiy-tadqiqot yetakchisi ko'krak nishoni hamda diplom bilan taqdirlandilar. Yakdillik, hamjihatlik, bag'rikenglik va yuksak ilmiy salohiyat asosiy mezon bo'layotgani fakultet jamoasini har doim mamlakatimiz ravnaqiga, ona-Vatanimizning jahon hamjamiyatidagi mavqei bundan ham yuksalishiga o'zining munosib hissasini qo'shadi, deyish uchun to'la asos bo'ladi.
O'zMU Axborot xizmati