O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI VA MAKTABLAR HAMKORLIGI


2022-yilning 27-aprel kuni Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti Xorijiy filologiya fakulteti bilan Olmazor tumanidagi 326-sonli Xorijiy tillarga ixtisoslashgan davlat umumta'lim maktabi o'rtasida memorandum imzolandi. Hamkorlik doirasida bo‘lib o'tgan tadbir mobaynida loyihani amalga oshirilishi vazifasi Xorijiy filologiya fakulteti Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi tashabbusi doirasida o‘quv-metodik va ilmiy-amaliy seminar-treninglar o'tkazilib borilishi bilan bir qatorda, maktab o‘quvchilarining muntazam universitetga tashriflarini yo‘lga qo‘yish ko'zda tutildi. Shu bilan bir qatorda bitiruvchi kurs talabalari va magistrlarning ish o'rinlariga ega bo'lishlariga zamin hozirlash masalasida ham maktabning soxa kadrlariga bo‘lgan ehtiyoji o'rganilib,yetuk mutaxassislarni ixtisoslashgan maktablarga jalb etish orqali oliy ta‘lim va maktab hamkorligini kengaytirish memorandumning eng asosiy e‘tibor qaratilgan jihatlaridan biri bo‘ldi.
O’zMU Axborot xizmati