O‘zbekiston Milliy universitetida faoliyat yuritayotgan Ta’lim—tarbiya maslahatchilari (tyutorlar) uchun o‘quv-seminar tashkil etildi

Mazkur o‘quv-seminar seminarni kirish so‘zi bilan O‘zbekiston Miliy universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Botir Mallabayev ochib berib, mazkur o‘quv-seminarini tashkil etishdan asosiy maqsad tyutorlarnng talaba-yoshlar bilan ishlash, Talabalar turar joyi va ijara xonadonlarida yashayotgan talabalar bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning olib borilishi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, iqtidorli talabalar bilan individual ishlash, ularni to‘garaklarga jalb etish borasida tyutorlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilishdan iborat ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
O‘quv-seminar dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasining ahamiyati hamda ta’lim sohasida belgilangan vazifalar, Tyutorning “Vaqt menejmenti”ni to‘g‘ri taqsimlash, undan samarali foydalanish hamda muammolar yechimini maqsadli yo‘naltirish metodikasi, Talabalarni psixologik portretini yaratish, Talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb etishning ustuvor yo‘nalishlari, Universitetda Hemis dasturida talabalar faoliyatini tashkil etish va nazorat qilish, Ma’naviy va ma’rifiy ishlarni bajarilish mexanizmlari (topshiriqlar, hisobotlar, tadbirlar), tyutorning Talabalar turar joyidagi faoliyatini tashkil etish metodikasi, tyotorning ijarada yashaydigan talabalar bilan ishlashini tashkil etish mexanizmi, Talabalarda bo‘sh vaqtdan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish usullari, Talabalarni madaniy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etishni tartibli tashkil etish mexanizmlari tushuntirib o`tildi va qator tavsiyalar berildi.
O‘quv-seminar dasturi doirasida mutaxassislar nazariy-amaliy ma’ruzalarini olib bordi. Mazkur nazariy-amaliy o‘quv-seminari ochiq muloqot (feedback) shaklida o‘tkazildi.



O`zMU Axborot xizmati