O‘zbekiston Milliy universitetida regbi-7 sport turi bo‘yicha «Talabalar ligasi»ning final bosqichi o‘tkazildi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti mezbonlik qilgan regbi-7 sport turi bo‘yicha «Talabalar ligasi» sport musobaqalarining respublika final bosqichi o‘z yakuniga yetdi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston regbi federatsiyasi, Talabalar sporti assosiatsiyasi hamda O‘zMU hamkorligida yuqori saviyada tashkil etilgan ushbu nufuzli chempionatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan saralanib olingan eng kuchli 24 ta jamoa (14 ta erkaklar va 10 ta ayollar jamoasi) bosh sovrin uchun o‘zaro kuch sinashdi.


Shiddatli va murosasiz kechgan bahslar natijasiga ko‘ra quyidagi jamoalar shohsupaga ko‘tarildi:
Erkaklar jamoalari o‘rtasida:
1-o‘rin: O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasi
2-o‘rin: Namangan davlat pedagogika universiteti jamoasi
3-o‘rin: Urganch davlat pedagogika universiteti jamoasi

Ayollar jamoalari o‘rtasida:
1-o‘rin: Urganch davlat pedagogika universiteti jamoasi
2-o‘rin: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jamoasi
3-o‘rin: O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasi


Barcha g‘olib va sovrindorlar, shuningdek, musobaqaning faol ishtirokchilarini hamda ularning murabbiylarini samimiy tabriklaymiz!


O‘zMU Axborot xizmati