Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O’zbekiston Milliy universitetida xayriya aksiyasi o’tkazildi

O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti “Fakultetlararo ingliz tili” kafedrasi va universitet talaba-yoshlari tomonidan "Saxovatda halovat" nomli katta xayriya tadbiri tashkillashtirildi. Talabalarni ezgulikka, yaxshilik ulashishga chorlash, ojizlarga, nogironlarga, yetimlarga nisbatan saxovatli bo‘lishga o‘rgatish, ularning qalbida vatanparvarlik hislarini yanada chuqurroq singdirish tadbirning asosiy maqsadini tashkil etdi. Tadbirda universitetning barcha talabalari o‘zlarining qo‘l mehnatlari va ijod mahsulotlari bilan ishtirok etdilar.
Muborak Ramazon oyining boshlanishida o‘tkazilgan bu xayriya tadbirida yig‘ilgan ehson O‘zbekiston Milliy universiteti nomidan 1-son "Muruvvat" internat uyi bolalariga yordam uchun topshirildi.

O’zMU Axborot xizmati