Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O‘zbekiston Milliy universitetida Yangi yil bayrami munosabati bilan bayram tadbirlari davom etadi

Matematika, Kimyo, Taekvondo va sport faoliyati hamda Gidrometeorologiya fakultetlari rahbariyati va jamoalari ishtirokida yil sarhisobiga bag‘ishlangan bayram tadbiri tashkil etildi.

Yil davomida o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlarida yutuqlarga erishgan va faol bo‘lib kelgan iqtidorli va tashabbuskor talaba-yoshlar taqdirlandi.