Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O‘zbekiston Milliy universitetida “Yil talabasi” ko’rik tanlovining universitet bosqichi o’tkazildi. 7 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

Ilmda va jamoat ishlarida katta yutuqlarga erishgan talabalarni qo‘llab- quvvatlash, ularning o‘z iqtidorlarini namoyon etishlariga imkoniyat yaratish, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan tanlovda 50 ga yaqin talabgorlar ishtirok etish istagini bildirdi.