Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O‘zbekistonda ilk marotaba o‘tkazilgan mapaton musobaqasida O‘zMU birinchilikni egalladi

24-26 noyabr kunlari INHA universitetida O‘zbekistonda ilk marotaba mapaton tadbiri o‘tkazildi. Unda aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi va oqava suv tizimi qamrovi bo‘yicha aktual ma’lumotlarni yig‘ish maqsadida 120 ta ko‘ngillilar va soha mutaxassislari jalb etildi.

🔸 Geoaxborot ma’lumotlarini shakllantirish musobaqasi — Mapatonda O‘zbekiston Milliy universiteti Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti “Kartografiya” kafedrasida tashkil etilgan “Raqamli kartografiya” to‘garagi iqtidorli talabalaridan iborat "Milliy" jamoasi ham faol ishtirok etdi. 10 ta oliy ta'lim muassasasi ishtirok etgan ushbu musobaqada universitetimiz jamoasi 1-o‘rinni egalladi.