Shu yilning 25-yanvar kuni Moskva shahridagi Davlat Kreml saroyida Moskva davlat universitetining 270 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yubileyda Psixologiya kafedrasi professori Nuriddin Safayev, Psixologiya kafedrasi mudiri, professor Dilbar Muhammedova, professor vazifasini bajaruvchi Ruxsora Qudratullayeva, dotsent vazifasini bajaruvchi Aziza To‘raqulova O‘zbekiston Milliy universiteti vakili sifatida ishtirok etdilar.
Tadbir doirasida MDUning Psixologiya fakulteti dekani Yuriy Zinchenko bilan uchrashuv tashkil etildi. Tomonlar o‘rtasida o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, hamkorlikdagi loyihalarni yanada takomillashtirish yuzasidan muloqot bo‘lib o‘tdi.
Yubileyda 45 dan ortiq mamlakatdan 5000 dan ortiq ishtirokchi, jumladan, universitetlar rahbariyati, diplomatlar va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Tadbir xorijiy oliygohlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
O‘zMU delegatsiyasining mazkur yubileyda ishtirok etishi xalqaro aloqalarni mustahkamlash, turli yo‘nalishlar, jumladan, psixologiya fani doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
O‘zMU Matbuot xizmati