O’zMU jamoasi O’zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov me’moriy yodgorligi poyida




O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida 2022-yil 16-may kuni o’tkazilgan "Ilhom" mukofoti tanlovi g’oliblarini taqdirlash marosimini tashkil etish va o’tkazish to’g’risida"gi 2 sonli bayoni (№10-30/1-1283 17.05.22й.) ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 20-may kuni "Adiblar hiyoboni"da "Katta adabiyot bayrami" haftaligi tadbirlari o’tkazildi.
Tadbirda O’zbekiston Milliy universiteti jamoasi universitetga biriktirilgan O’zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov me’moriy yodgorligi poyida jam bo’ldi. Tadbirni O’zbekiston Milliy universiteti professori H.Boltaboyev ochib berib, o’z nutqida millatimiz adabiyotining yorqin vakili bo’lgan Erkin Vohidov asarlarini o’rganish, adibning ijodiy merosini kelajak avlodga yetkazish ustuvor vazifalar sirasiga kirishini hamda mazkur maskan tashkil etilganiga ikki yil bo’lganligini yig’ilganlarga ta’kidlab o’tdi.
Tadbir davomida O’zMU Jurnalistika fakulteti talabalari tomonidan Erkin Vohidov she’rlari asosida yaratilgan kuy-qo’shiqlar mahorat bilan ijro etildi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda O’zbekiston Milliy universitetida shoir nomi bilan ataluvchi ilmiy-ma’rifiy markaz faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, universitetda Erkin Vohidov stipendiyasi joriy etilgan.
O’zMU Axborot xizmati