Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

O‘zMU magistranti “Yilning eng yaxshi ilmiy izlanuvchisi” deb e’tirof etildi

Biologiya va ekologiya fakulteti 1-kurs magistranti Shahnoza Sagidullayeva “Yilning eng yaxshi ilmiy izlanuvchilari” O‘zbekiston-Fransiya xalqaro forumida ishtirok etdi.

Magistrantimiz nufuzli xalqaro konferensiyada “Organizmning fiziologik ko‘rsatkichlari yuqori sho‘rlikdagi suvni iste’mol qilishga moslashuvi” (“Adaptation of the body’s physiological indicators to the consumption of high salinity water”) mavzusida ingliz tilida ma’ruza qildi.

Sh.Sagidullayevaning taqdimoti tashkilotchilar tomonidan yuqori baholanib, “Yilning eng yaxshi izlanuvchisi” medali va guvohnomasiga munosib deb topildi.

Ushbu muvaffaqiyat bilan magistrantimiz va ularning ilmiy rahbari, akademik Bakriddin Zaripovni qizg‘in tabriklaymiz.

O‘zMU Matbuot xizmati