Kuni kecha poytaxtimizning Xilton mehmonxonasida O‘zbekiston olima ayollar forumi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva ishtirok etib, ilm-fan sohasiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan xotin-qizlarni qutladi.
Tadbirda davlat ilmiy dasturlari doirasidagi grant sohibalari bo‘lgan olima ayollarga sertifikatlar topshirildi.
Quvonarlisi, O’zbekiston Milliy universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari ham grant sohibalari sifatida sertifikatlar bilan taqdirlandi:
• Djumabayeva Jamila Sharipovna, Xorijiy filologiya fakulteti professori;
• Gafurova Dilfuza Anvarovna, Polimerlar kimyosi kafedrasi professori;
• Gʻulomova Iroda Botirjonovna, Polimerlar kimyosi kafedrasi katta o‘qituvchisi;
• Utamurodova Sharifa Bekmuradovna, O‘zMU huzuridagi yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti direktori;
• Atoyeva Gulhayo Raxmonovna, Tuproqshunoslik kafedrasi katta o‘qituvchisi;
• Psixologiya kafedrasi mudiri, Muxamedova Dilbar Gafurdjanovna;
• Shaydullayeva Guljahon Shapulatovna, Manbashunoslik va arxivshunoslik kafedrasi dotsenti v.b.;
• Komilova Nilufar Karshibayevna, Ekologiya kafedrasi professori;
• Stelmax Anna Grigorevna, Geologiya va muhandislik geologiyasi fakulteti dotsenti;
• Tojiyeva Zulxumor Nazarovna, Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kafedrasi mudiri;
• Tadjibayeva Nodira Ruziyevna, Geofizikaviy va gidrogeologiya kafedrasi dotsenti.
— Bugun O‘zbekiston olima ayollari forumida Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar kunini nishonlayapmiz. Mamlakatimizda ilm-fan sohasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor ahamiyatga ega ekanidan faxrlanaman.
Raqamlarning o‘zi aytib turibdi: O‘zbekistonda olimlarning 48 foizi ayollar! Ularning izlanishlari, kashfiyotlari va fidoyiligi ilhom baxsh etadi va ilm-fan ularga, ular esa ilm-fanga kerakligini ko‘rsatadi.
Biz xalqaro hamjamiyat bilan ilm-fan tinchlik va farovonlikka xizmat qiladigan kelajakni bunyod etish yo‘lida birgalikda harakat qilamiz! — dedi Saida Mirziyoyeva.
O‘zMU Axborot xizmati