Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

O’zMU professori Germaniyada ma’ruza o’qidi

Joriy yilning 14-15 noyabr kunlari O‘zbek filologiyasi fakulteti “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi mudiri, professor Muhabbat Qurbonova taklifnoma asosida Germaniyaning Humboltd universitetida xizmat safarida bo‘ldi.

O‘zMU professori tomonidan Turkologiya bo‘limi magistrlariga “O‘zbek tili” fanidan ma’ruza o‘qildi. Shu bilan birga, talabalarga o‘zbek madaniyati va milliy qadriyatlari to‘g‘risida ma’lumot berildi, madaniyatimizga oid “O‘zbek burchagi” tashkil etildi.

Safar davomida soha mutaxassislari bilan ilmiy hamkorlik doirasida muzokaralar olib borildi va kelajakda ilmiy, o‘quv-uslubiy sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olindi.