
O‘zbekiston Milliy universiteti QS Asia University Rankings 2027 natijalariga ko’ra 196-o‘rinni, Markaziy Osiyo oliygohlari ichida 9-o‘rinni egalladi.
2027-yilgi QS Asia University Rankings natijalariga ko‘ra, bu yil Osiyo mintaqasidan 1722 ta universitet baholandi (2026-yilda 1526 ta universitetlar baholangan).
Shulardan 600 ta oliy ta’lim muassasasi birinchi marotaba reytingga kiritildi. Bu holat Osiyo mamlakatlari orasidagi ta’lim sifati va ilmiy raqobat tobora ortib borayotganidan dalolat beradi.
O‘zMUning 2027-yilgi QS Asia reytingidagi asosiy ko‘rsatkichlari quyidagicha:
💼International Student Ratio – 269-o‘rin (76 pog‘ona yuqorilagan)
💼 International Faculty Ratio – 45-o‘rin (6 pog‘ona yuqorilagan)
💼 Staff with PhD – 424-o‘rin (5 pog‘ona yuqorilagan)
💼 Academic Reputation – 125-o‘rin
💼 Employer Reputation – 145-o‘rin
💼 Inbound Exchange Students – 311-o‘rin
💼 Outbound Exchange Students – 370-o‘rin
💼 Faculty Student Ratio – 501+
💼 Citations per Paper – 501+
💼 International Research Network – 501+
💼 Papers per Faculty – 501+
Mazkur natijalar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston Milliy universiteti nafaqat mamlakat, balki butun Osiyo miqyosida sifatli ta’lim, xalqaro ochiqlik va ilmiy salohiyatni rivojlantirish yo‘lida barqaror o‘sish tendensiyasini namoyon etmoqda.