Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O’zMU talabalari Frankofoniya bayramida faol ishtirok etdi

Frankofoniya oyini nishonlash doirasida Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Xalqaro Frankofoniya tashkilotining mamlakat aʼzolari bilan birgalikda 2022-yil 28-31 mart kunlari Toshkent Fransuz Alyansida bo‘lib o‘tgan Frankofoniya bayrami nishonlandi. Ushbu bayram o‘z ichiga 2 bosqichli konkursni o‘z ichiga olib, O‘zbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalaridan talabalar ishtirok etdi. O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasining barcha talabalari ishtirok etib, faxrli 1-o’rinni, 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ermetova Dilovar 2-bosqich magistranti – 1-o‘rinni hamda “Filologiya va tillarni o‘qitish” yo'nalishida 2- bosqich talabasi Yunusxadjayeva Malika 2-o‘rinni egalladi. Eng quvonarlisi shuki, 2 ta o‘rin ham O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari tomonidan egallandi. Ushbu talabalar 2022-yil iyul oyida Fransiyaning barcha shaharlariga sayohatni amalga oshirishadi, sayohat O‘zbekistondagi Fransiya elchixonasi tomonidan moliyalashtiriladi. Ermetova Dilovarning faxrli 1-o‘rin olishida unga yo'nalish berib, bilim bergan ustozi Djafarova Dildora Ilxomovna hamda Yunusxadjayeva Malikaning ustozi Inogamova Nozima Rashotxonovnalarning mehnati cheksizdir.

O’zMU Axborot xizmati