Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O‘zMU talabalari qishki ta’tildan munosib kutib olinmoqda

Qishki ta’til munosabati bilan doimiy yashash joylariga jo‘nab ketgan talabalar universitet mas’ullari tomonidan yuqori kayfiyatda kutib olinib, talabalar turar joylari hamda ijara xonadonlariga joylashtirildi.

Bugun, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi department boshlig‘i Abduvali Xoliqov, O‘zMU rektori Inom Madjidov va boshqa mas’ullar universitetga qarashli talabalar turar joylarida bo‘lib, jarayonni kuzatishdi.

Shuningdek, rahbarlar tomonidan talabalar turar joylarining tayyorgarlik holatlari, sharoitlar, issiqlik va elektr energetika tizimi bilan bog‘liq holatlar ko’zdan kechirildi.

Talabalarning qishki ta’tildan qaytishi va o‘quv jarayonining boshlanishi munosabati bilan talabalar turar joylarida dasturxon yozilib, osh tortildi.

Eslatib o‘tamiz, ertadan barcha oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida dars jarayonlari boshlanadi.