Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O‘zMU talabasi turk tiliga tarjima qilgan to‘plam Turkiyada chop etilib taqdimot qilindi

2024-yilning ilk kunlarida Istanbulda “Özbek-Türk edebiyatının gelişimi-2” to‘plami hamda “Özbek-Türk kültürünün yükseltilmesine” nomli jurnalning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

O‘zbek va turk adabiyotini keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan mazkur izdihomda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Sanobar Mehmon, o‘zbekistonlik yosh ijodkorlar, shuningdek, O‘zMU Xorijiy filologiya fakulteti talabasi Nilufar Ruxillayeva ham ishtirok etdi.

Quvonarlisi, mazkur to‘plam iqtidorli talabamiz Nilufar Ruxillayeva tomonidan turk tiliga mahorat bilan tarjima qilinib, 500 nusxada Turkiyada chop etildi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov she’rlari tarjimasi bilan boshlangan to‘plamda Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, yosh ijodkorlarning eng sari ijod namunalari o‘rin olgan.