Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

GLOBAL HAMKORLIK – BARQAROR RIVOJLANISH HOLATI VA KAFOLATI SIFATIDA

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 iyundagi “2019-2023 yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida talab yuqori bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4358 son Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 fevraldagi 56-F-sonli Farmoyishi asosidaMirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti “Falsafa va ma’naviyat asoslari” kafedrasi tashabbusi bilan Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi Falsafa instituti, Al-Forobiy nomidagi Qozoq Milliy universiteti, Tojik Milliy universiteti, “Manas” qirg‘iz-turk universiteti, Ozaybayjon fanlar akademiyasi Falsafa va sotsiologiya instituti, Geydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi, O‘zbekiston-Ozarbayjon do‘stlik jamiyati, Rossiya falsafa jamiyati, Qozog‘iston falsafa kongressi, O‘zbekiston falsafa jamiyati, O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali bilan hamkorlikda joriy yilning 23-24 oktabr kunlari “Global hamkorlik – barqaror rivojlanish holati va kafolati sifatida” mavzusida xaqlaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya O‘zbekiston Milliy universitetining xalqaro aloqalar bo‘yicha R.Shirinova, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori X.Saburovlar kirish so‘zlari bilan ochib berildi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Oydin Abdullayeva konferensiya ishiga omad tiladi va o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Xalqaro konferensiyada AQSH, Fransiya, Rossiya, Turkiya, Azarbayjon, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Gruziya, Finlandiya kabi davlatlaridan 40 ga yaqin olimlar ishtirok etdi.

Ikki kun davom etgan konferensiyada Ijtimoiy adolat va faollikni oshirish omili sifatida ayollarning gender tengligi, uzluksiz ta’lim va tarbiya metodologiyasi, tarix falsafasi va falsafa tarixi, fuqarolik jamiyatini shakllantirish sharoitida globallashuv va barqaror rivojlanish o‘rtasidagi mutanosiblik: tarix, siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy va ma’naviy hayot, ekologik muammolar, madaniyatlar dialogi: fuqarolik jamiyatini shakllantirishda huquqiy madaniyatni, huquqiy ta’limni rivojlantirish istiqbollari va imkoniyatlari, falsafa va fan metodologiyasining dolzarb muammolari, media makon va axborot kommunikatsiyalari o‘rtasidagi bog‘liqlik masalalariga doir 12 ta davlat olimlaridan 50 ga yaqin ma’ruzalar tinglandi.
Shuningdek, xalqaro konferensiyaga 120 dan ortiq maqolalar kelib tushgan bo‘lib, maqolalar va konferensiyada ilgari surilgan fikrlar to‘plam holida chop etilishi va mualliflarga berilishi rejalashtirildi, konferensiya rezolyutsiyasi qabul qilindi. Konferensiyada faol ishtirok etgan ishtirokchilarga sertifikatlar berildi.

“Falsafa va ma’naviyat asoslari” kafedrasi jamoasi