O‘zbekiston Milliy universitetida fakultet dekanlari, fuqaro muhofazasi tuzilmalari a’zolari, talabalar turar joyi ma’muriyati hamda bino boshliqlari ishtirokida “Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va unda fuqaro muhofazasi tuzilmalarining muvofiqlashgan harakatlari” mavzusida targ‘ibot va amaliy seminar tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Seminarda ta’lim muassasalarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash, yong‘in sodir bo‘lganda binoni xavfsiz tark etish, zilzila vaqtida harakatlanish qoidalari, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish masalalari yuzasidan mutaxassislar tomonidan ma’ruzalar qilindi. Shuningdek, fuqaro muhofazasi tuzilmalariga samarali rahbarlik qilish bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi.