Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

O‘zMuda «Mustaqillik davrida O‘zbekiston Milliy universitetining taraqqiyoti» mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi

Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy unversiteti markaziy kutubxonasida universitetining 104 yilligiga bag‘ishlangan "Mustaqillik davrida O‘zbekiston Milliy universitetining taraqqiyoti" mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Ushbu anjumanni tashkil etishdan maqsad bugungi kunda O‘zbekiston Milliy universiteti ta’lim, fan sohasida erishayotgan yutuqlari shu jumladan, ustoz-shogrt an’analarining o‘ziga xos tarzda izchil davom ettirish hamda ta’lim, fan va ilg‘or texnologiyalar sohasida erishayotgan yutuqlarni jamiyatga tanishtirishdan iborat.
O‘zMUning Tarix fakulteti "O‘zbekistonning eng yangi tarixi" kafedrasi tashabbusi bilan tashkil qilingan tadbirda universitetning barcha fakultetlaridan professor o‘qituvchi, doktarant, magistr hamda bakalavrlar faol ishtirok etdi.
Tadbir jarayonida OʻzMU tarixi kecha va bugungi kundagi oʻzgarishlar, taʼlim sohasining istiqbollari xususida anjuman ishtirokchilari tomonidan qizgʻin maʼruzalar qilindi.
Tadbir yakunida taklif va tavsiyalar oʻzaro muhokama qilinib, eng yaxshi maʼruza qilgan ishtrokchilar universitet rektori Inom Majidov tomonidan ragʻbatlantirildi.

O`zMU Axborot xizmati