Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O`zMUda «Shirin ehson» shiori ostida xayriya aksiyasi o’tkazildi

2022-yilning 1-aprel kuni O’zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakultetining “Fakultetlararo ingliz tili” kafedrasi tashabbusi bilan "Shirin ehson" shiori ostida tadbir o’tkazildi. Ushbu xayriya tadbirida universitet o’quv ishlari bo’yicha prorektori Shuhrat Toshmatov, Xorijiy filologiya fakulteti dekani Xabibulla Bakiyev, Xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi Ra’noxon Rustamova hamda talabalar faol ishtirok etishdi. Xayriyada yig`ilgan ehson nogironlar uylari va mehribonlik uylariga xayriya sifatida taqdim qilinadi.

O’zMU Axborot xizmati