Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

O‘zMUda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish aksiyasi o‘tkazildi

O‘zbekiston Milliy universitetida mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilash, yashil maydonlarni kengaytirishga hissa qo‘shish maqsadida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish aksiyasi o‘tkazildi.

Mazkur harakat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-I” 99-sonli Farmoniga muvofiq tashkil etilmoqda.

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tashkil etilgan aksiyada universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, fakultet talabalari, ishchi-xodimlar, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Aksiya doirasid universitet hududidagi yashil zonalarda 250 ta manzarali kashtan daraxt ko‘chatlari ekildi.

Ma’lumot o‘rnida, kashtan ko‘chatlari Biologiya fakultetida yetishtirilib, ulardan universitet maydonlari, fakultetlar hududi hamda talabalar turar joylarini ko‘kalamzorlashtirishda foydalanib kelinmoqda.

O‘zMU Axborot xizmati