Parij Koshan injenerlik oliy maktabi

Fransiyaning Parij Koshan injenerlik oliy maktabi vakili O‘zbekiston Milliy Universitetida.

O‘zbekiston Milliy Universiteti O‘zbekistondagi Fransiya elchixonasi va Fransiya oliy o‘quv yurtlari bilan uzoq yillardan beri hamkorlikda faoliyat olib borib bormoqda. Xabaringiz bor, joriy yilning oktabr oyida O‘zbekiston Milliy universiteti Fransiyaning Parij Koshan injenerlik oliy maktabi bilan hamkorlik memorandumi imzolangandi. Ushbu shartnoma natijalari asnosida, bugun, ushbu universitetning xalqaro aloqalar bo‘limi mutaxassisi Sesile Karnua Giroud O‘zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi. 

Uchrashuvda Parij Koshan Injenerlik Oliy maktabi va O‘zbekiston Milliy universitetining amaliy matematika fakulteti o‘rtasida sun’iy intellekt, axborot texnologiyalari, kompyuter injinering va axborot xavfsizligi yo‘nalishlarida hamkorlik o‘rnatish, professor o‘qituvchilarni qisqa muddatli stajirovkaga jo‘natish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. 

Parij Koshan Injenerlik Oliy maktabi o‘qituvchilari amaliy matematika fakulteti talabalari uchun onlayn darslar tashkil qilish, va akademik mobillik bo‘yicha talabalar almashish bo‘yicha kelishildi.