Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Xotin-qizlarning jamiyatdagi oʼrni

Muhtaram prezidentimiz xalqimizga va parlament aʼzolariga qilgan “Muojaatnoma”larida “Islohatlarimiz xalqimizning kundalik hayotida oʼz ifodasini topishi, kutgan natijalarimizga erishish, koʼp jihatdan davlat boshqarivudagi samaradorlikda bevosita bogʼliq. Shu maqsadda kelgusi yilda quyidagi vazifalarni amalga oshirish lozim” – deganlarida oltinchi vazifa shunday boʼldiki, davlat va jamiyat boshqarvida ayollarning oʼrni va mavqeini yanada mustahkamlash- islohatlarimizning eng ustuvor yoʼnalishalridan biridir deb taʼkidlandi. Mamlakat rahbari ayollarning jamiyatdagi oʼrnini yuqori qoʼyganliklari albatta bizni quvontirdi.

Yurtimiz ayollari farzandlar tarbiyasi, oila hayotidagi fidoyiligi bilan jamiyatimiz mustahkamligi va ertangi kuniga zamin yaratmoqda.Shuningdek, sogʼliqni saqlash, taʼlim-tarbiya, ilm-fan, madaniyat, sanʼat, sanoat va boshqa sohalarda samarali mehnat qilib, yurtimiz rivojiga beqiyos hissa qoʼshmoqda. Prezidentimiz tomonidan xalq roziligi, avvalo, muhtarama onalar, xotin-qizlarning roziligi bilan bogʼliqligi, ularning sogʼ-salomat boʼlib, baxtli yashashini taʼminlash barcha islohotlarning asosiy maqsadi va mezoni ekani taʼkidlab kelingan. Bu borada hatto mamlakatimizda Prezidentimizning “Xotin qizlarni qoʼllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari toʼgʼrisida”gi farmoni ham muhimdir.

2020 yil 8 oktyabrda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev raisligida jamiyatda ayollar va yoshlarning rolini oshirish hamda bandligini taʼminlash chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan oʼtkazilgan videoselektr yigʼilishida ham aynan xotin qizlar masalaslari boʼyicha har bir mahallada alohida rais oʼrinbosari, tumanda – mahalla va oila boʼlimi boshligʼi oʼrinbosari va ikki nafar mutaxassisi, viloyatda esa 8 nafargacha shtat birligi berilgani ham jamiyatda ayollarga eʼtiborning mahsulidir.

Mamlakatimizda ayollarga eʼtibor masalasi bardavomligini biz bugun 2020 yil 29 dekabrda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Oliy majlis deputatlari va xalqqa murojaatnomasida xotin-qizlar masalasiga alohida urgʼu berib oʼtganligidan ham anglaymiz. 2020 yil oliy taʼlim muassasalariga xotin-qizlarni jalb etishda ajratilgan grantlar tahsinga sazovor boʼlgan edi. Bunday ishlar ayniqsa ehtiyojmand oilalar farzandlarini ham maʼnan, ham moddiy jihatdan qoʼllab-quvvatladi. Mana shunday ragʼbatlantirishlarni tizimli tarzda davom ettirish maqsadida yurtboshimiz keyingi yilda ham xotin-qizlar uchun grant oʼrinlarini 2 baravar oshirish va ular sonini 2000 taga yetkazish taklifini kiritdi. Bundan tashqari, Respublika xotin-qizlar kengashini taʼsis etish va unga rais sifatida Senat raisasi Tanzila Norboevaning tayinlanishi ham fikrimiz dalilidir. Xotin-qizlarning, olima ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini qoʼllab-quvvatlash, jamiyatdagi mavqeini oshirish, ayollar xuquqlarini ximoya qilish va shu tizimni takomillashtirish masalalariga qaratilayotgan eʼtibor 2021 yilda yanada kuchayadi.

Raʼnoxon Rustamova

Xotin-qizlar masalalari maslahat

kengashi raisi