«Qalqon» jamoatchilik guruhi a’zolariga xizmat guvohnomalari topshirildi

O'zbekiston Milliy universitetida yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor Jabbor Muhammadiyev, profilaktika katta inspektori, podpolkovnik Alisher Abdulhaqov ishtirokida unversitetning bir guruh ko'ngilli talabalaridan tashkil topgan "Qalqon" jamoatchilik guruhi a’zolariga xizmat guvohnomalari topshirildi.
Universitet talabalari orasidan saralab olingan “Qalqon” guruhining 60 nafar ko‘ngilli yoshlari universitet va yotoqxona hududida jamoat tartibini saqlashga, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga profilaktika inspektorlariga yaqindan yordam berib kelmoqdalar.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu jamoatchilik guruhi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar, Yoshlar siyosati va sport, Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklari hamda Milliy gvardiyaning qoʻshma qaroriga asosan talabalarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamoat tartibini saqlashga koʻmaklashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish, oliy taʼlim muassasalarida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni barqarorlashtirishga koʻmaklashish maqsadida tashkil etilgan.
Tadbir so‘ngida guruh a'zolariga o‘quv va talabalar turar joylari hududida tinchlik, osoyishtalik va tartib-intizomni taʼminlashga ko‘maklashish, sergaklikni yoʻqotmaslik va vazifalariga masʼuliyat bilan yondashish bo'yicha tushuntirish berildi.







O‘zMU Axborot xizmati