Xorijiy yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan ta’lim va fan sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, xalqaro hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash hamda universitetning milliy va xalqaro reytinglardagi mavqeini oshirish maqsadida 2023- yilning 6-dekabr kuni Ijtimoiy fanlar fakulteti “Etika va estetika” kafedrasi tashabbusi bilan Qirg’iziston davlat tibbiyot akademiyasining dotsenti Kudaybergenova Tamara Asanovnaning “Исследовательская этика и этическая экспертиза” mavzusida onlayn ma’ruzasi tashkil etildi.
Ma’ruzada Ijtimoiy fanlar fakulteti Etika va estetika kafedrasining bir qator professor-o’qituvchilari va Falsafa (sohalar bo‘yicha) magistratura mutaxasisligi 1-kurs talabalari qatnashdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.


