Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Qishloq xo‘jaligi, suv va energiya resurslarini barqaror rivojlantirish uchun er usti kuzatuvlari va geostatsionar meteorologik sun’iy yo‘ldoshlardan olingan quyosh radiatsiyasi ma’lumotlaridan kompleks foydalanish.

Ilmiy rahbari: Xolmatjanov Baxtiyar Maxamatjanovich
Bajarilish muddati: 01.07.2022-31.12.2024
Loyiha shifri: AL-5721122072
Loyiha turi: Amaliy


Kutilayotgan natijalar va ularning ahamiyati:
Qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish BMTning barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida O‘zbekistonda belgilangan ko‘plab maqsadlardan biridir. Markaziy Osiyoda kuzatilayotgan suv tanqisligi va iqlim o‘zgarishi doimiy monitoring va katta resurslarni talab qiladi. Biroq, qurg‘oqchilikni suv tanqisligi oqibatlaridan biri sifatida oldindan aytish qiyin va asosiy qurg‘oqchilik ko‘rsatkichlarini qo‘llash oson emas. Quyosh radiatsiyasi yuqori haroratlarda bug‘lanish orqali suv tanqisligiga ta’sir qiluvchi parametrlardan biridir. Boshqa tomondan, olingan energiya miqdori qayta tiklanadigan nol-uglerodli energiya manbaiga o‘tkazilishi mumkin.
Loyihaning maqsadi qurg‘oqchilikka olib keladigan sharoitlarni o‘rganish, qayta tiklanadigan energiya manbalarini tahlil qilish va masofaviy zondlash ma’lumotlaridan foydalangan holda monitoring tizimini yaratish uchun geostatsionar meteorologik sun’iy yo‘ldoshlardan olingan quyosh radiatsiyasi va er usti meteorologik kuzatuv ma’lumotlarini birlashtirishdan iborat. Ushbu ma’lumotlarni 0,1×0,1o aniqlikdagi meteorologik sun’iy yo‘ldoshlar hamda kuzatish tarmog‘i yordamida monitoring qilish O‘zbekistonning kelajakdagi barqaror rivojlanishi uchun asos yaratishda muhim ahamiyatga ega.
Hisobot davrida (loyiha yakunida) qo‘lga kiritilgan muhim natijalar: O‘zbekistondagi barcha meteorologiya stantsiyalari uchun so‘nggi 10 yil davomida asosiy meteorologik kattaliklar (havo harorati va namligi, yog‘ingarchilik, shamol tezligi va yo‘nalishi) tarixiy ma’lumotlarning elektron bazasi yaratiladi.
O‘rta Osiyo sinoptik jarayonlar turlari taqvimi 2017-2020 yillar ma’lumotlari bilan to‘ldiriladi.
TGK, samarali harorat yig‘indilari va fotosintetik faol nurlanishni hisoblash algoritmlari ishlab chiqiladi va Fortran dasturlash muhitida amalga oshiriladi.
O‘zbekistondagi meteorologiya stantsiyalari meteorologik kuzatuvlari asosida TGK qiymatlari hisoblanadi.
O‘zbekiston hududida AQ takrorlanuvchanligi va davomiyligining statistik xarakteristikalari baholanadi.
AQ shakllanishining tsirkulyatsion omili sifatida O‘rta Osiyo sinoptik jarayonlarining takrorlanuvchanligi va davomiyligining statistik xarakteristikalari aniqlanadi.
AQ ga olib keluvchi meteorologik va tsirkulyatsion sharoitlarning shakllanish qonuniyatlari aniqlanadi.
Meteorologik sun’iy yo‘ldoshlardan 0,1 × 0,1º aniqlikda olingan havo harorati va namligi ma’lumotlari asosida hisoblangan TGK qiymatlarining verifikatsiyalash natijalari olinadi.
Atmosfera va tuproq qurg‘oqchiligi o‘rtasidagi aloqadorlik qonuniyatlari aniqlanadi.
Samarali harorat yig‘indilari va fotosintetik faol nurlanishning fazoviy taqsimotlari hisoblab chiqiladi.
AQ va tuproq qurg‘oqchiligining kvazireal vaqt rejimidagi fazoviy taqsimoti on-layn kartalari yaratiladi.
Samarali harorat yig‘indilari, fotosintetik faol nurlanish va haroratning o‘tish sanalari iqlimiy kartalari tuziladi.
Qurg‘oqchilikni baholash va uning monitoring tizimi yaratiladi.
Intellektual mulk agentligidan mualliflik guvohnomasi olinadi.
Olingan natijalar O‘zgidromet tizimiga joriy etiladi.