15 ta fakultet. 80 ta kafedra. 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi. Talabalar soni 30 000+. Professor-o‘qituvchilar soni 2 000+. Bitiruvchilar soni 200 000+.

Qomusimiz – faxrimiz, g'ururimiz

O’zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Xotin-qizlar kengashi va "Fuqarolik jamiyati va huquq taʼlimi" kafedrasi tashabbusi bilan Milliy g'oya, ma'naviyat asoslar va huquq taʼlimi yoʻnalishi 1-kurs talabalari ishtirokida "Qomusimiz - faxrimiz, g'ururimiz" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda ustozlar tomonidan ma'ruzalar tinglandi va talabalar tomonidan she'riy chiqishlar, taqdimotlar, videoroliklar namoyish etildi. Shuningdek, talabalar oʻrtasida "Konstitutsiya bilimdonlari" tanlov ham tashkil etildi. "Taraqqiyot" va "Renessans" jamoalari 4 ta shart boʻyicha bellashdilar. Bellashuvda Taraqqiyot jamoasi golib boldi. Tadbir songida tanlov goliblari va faol talabalar tashkilotchilar tomonidan tashakkurnoma va kitoblar bilan taqdirlandilar.

O’zMU Axborot xizmati