Raqamli arxiv: O‘zbekiston Milliy arxivi fondlarining onlayn yo‘l ko‘rsatkichini yaratish.
Ilmiy rahbari: Rahmonqulova Zumrad Boyxo‘rozovna
Bajarilish muddati: 01.06.2022-31.05.2023
Loyiha shifri: AL-442105887
Loyiha turi: Amaliy
Kutilayotgan natijalar va ularning ahamiyati: “Raqamli arxiv: O‘zbekiston Milliy arxiv fondlarining onlayn yo‘lko‘rsatgichini yaratish” amaliy loyihasi yordamida O‘zbekiston tarixining Turkiston ASSR, BXSR, XXSR va O‘zbekiston SSR tarixiga (1945 yillarga) oid fondlarning elektron yo‘lko‘rsatgichi yaratilishi natijasida:
• yo‘lko‘rsatgich O‘zbekiston tarixi kontseptsiyasi asosida o‘zbek, rus, ingliz tillariga tarjima qilinadi;
• yo‘lko‘rsatgichdan ichki tarmoq orqali foydalanish uchun elektron qidiruv tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
• sovet davri tarixi va davlat muassasalari tarixiga oid rasmiy hujjatlar, dissertatsiya, monografiyalardan iborat ilmiy ma’lumotnoma apparati shakllantiriladi;
• “O‘zbekistonda raqamli arxivlar: yutuqlar va muammolari” mavzusi bo‘yicha Xalqaro onlay konferentsiya tashkil qilinadi;
• yo‘lko‘rsatgich ma’lumotlari O‘zbekiston Milliy arxivining ichki tarmog‘iga foydalanish uchun joylashtiriladi.
• loyiha yakunida O‘zbekiston Milliy arxivida saqlanayotgan Turkiston Respublikasi muzey ishlari va qadimiy yodgorliklar, san’at va tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi (Turkomstaris) R-394 – fondi hujjatlarining 100 000 kadr arxiv hujjatlarining raqamli nusxalari yaratilib, meta ma’lumotlar qayta ishlanadi;
Shuningdek, ushbu yo‘lko‘rsatgichning ijtimoiy-iqtisodiy tomondan foydali jihati shundaki, undan nafaqat ilmiy izlanuvchilar va tadqiqotchilar balki respublikamizning oddiy fuqarolar ham (arxiv hujjatlaridan foydalanuvchilar) foydalanish imkoniyati yaratiladi. Bu esa O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi O‘zbekiston tarixining sovet davri ya’ni, Turkiston ASSR, BXSR, XXSR, va O‘zbekistonning 1924-1945 yillariga oid arxiv fondlari haqida batafsil ma’lumot olish va tanishish imkoniyati yaratiladi.
Hisobot davrida (loyiha yakunida) qo‘lga kiritilgan muhim natijalar: Amaliy loyiha davri 01.06.2022 da boshlanganligi uchun, hozirda O‘zMA da mavjud yo‘lko‘rsatkichlarni matnining tahriri va arxivda saqlanayotgan Turkiston Respublikasi muzey ishlari va qadimiy yodgorliklar, san’at va tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi (Turkomstaris) R-394 – fondi hujjatlarining 100 000 kadr arxiv hujjatlarining raqamli nusxalarini yaratishning texnik ishlari olib borilmoqda.