Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Samarali uchrashuv – maqsadli hamkorlik kafolati

<p style="text-align: center;" margin:0cm;margin-bottom:.0001pt;text-align:right;text-indent:1.0cm;background:white""=""><strong><iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/7oZ0HjCoX4Y" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture"></iframe></strong></p>

Joriy yilinining 3 mart kuni Belarus Respublikasi taʼlim vaziri Igorь Karpenko boshchiligida delegatsiya Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi. Belarus Milliy Texnika universiteti, Belarus informatika va radioelektronika davlat universiteti, Frantsiska Skorina nomidagi Gomelsk Davlat universiteti va boshqa oliy taʼlim muassasalari rektor hamda prorektorlaridan iborat delegatsiyani Oʼzbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov hamda soha prorektorlari kutib oldi.

Inom Madjidov mehmonlarni universitetga tashrif buyurgani bilan samimiy qutlab universitet tarixi, tuzilmasi va bugungi kundagi strategik rejalari toʼgʼrisida batafsil toʼxtalib oʼtdi. Oʼz navbatida Belarus Respublikasi taʼlim vaziri Igorь Karpenko Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimidagi uzoq yillik hamkorlik, erishilgan yutuqlar va kelgusida hamkorlik tarmoqlarini yanada kengaytirish yoʼlidagi oʼzining aniq va maqsadli takliflarini bildirdi. Shuningdek, I.V.Karpenko bugungi kunda Belorus Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida tahsil oladigan Oʼzbekistonlik yoshlarning bilim olishga boʼlgan ishtiyoqi, qiziqishi va intilishlarini yuksak baholab raqobatbardosh kadrlash tayyorlashda doimo ochiq ekanligini aytib oʼtdi.

Uchrashuv jarayonida tomonlar oʼzaro manfaatli hamkorlik aloqalarini tobora kengaytirish, koʼplab sohalarda shartnomalar imzolash va ularni amalga oshirishda samarali ishlarni olib borish lozimligini taʼkidlab oʼtdilar. Аyniqsa, mehnat bozorida talab yuqori boʼlgan istiqboli yoʼnalishlarda kadrlar tayyorlash, professor oʼiqtuvchilarni malaka oshirish, ilmiy stajirovkalarini yoʼlga qoʼyish, oʼquv va ilmiy yoʼnalishlarda hamkorlikni kengaytirish, doktorantura hamda mustaqil tadqiqotchilarni tayyorlashda ilmiy laboratoriya hamda ilmiy tadqiqot institutlari imkoniyatlaridan unumli foydalanish masalalariga alohida taʼkidlab oʼtildi.

Shuningdek, tomonlar uchrashuvda Oʼzbekiston bilan Belorus Respublikasi bir-biriga muhim va uzoq muddatli hamkor sifatida qarashini, xalqaro hamkorlikni oʼzaro ishonch tamoyillari asosida kengaytirish va ikki xalq manfaatlariga xizmat qilishda doimo bir birlarini qoʼllab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini aytib oʼtdilar.

Ochiq va konstruktiv ruhda oʼtgan uchrashuvda Belorussiya Milliy texnika universiteti va Respublika kasb-hunar taʼlimi instituti bilan hamkorlik memorundumi imzolandi. Unga asosan 2021-2022 oʼquv yilida “Lazer fizikasi, “Materialshunoslik va materiallar texnologiyasi” (tarmoqlar boʼyicha) hamda “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof muhit fizikasi” yoʼnalishlarida 2+ 2 qoʼshma taʼlim dasturi yoʼlga qoʼyiladi.

Xalqaro aloqalar boʼyicha

prorektor Raima Shirinova