O’zMU rektori Inom Madjidov O’zbekiston-Rossiya mintaqalararo rektorlar konferensiyasi doirasida bir necha xalqaro oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.
Sankt-Peterburg davlat aerokosmik asboblar injenerligi instituti hamda Sankt-Peterburg Oliy Iqtisod Maktabi shular jumlasidandir.
Ushbu kelishuvlardan maqsad professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish, xalqaro konferensiyalarda hamkorlik qilish, ilmiy-o‘quv laboratoriyalar tashkil qilishdan iborat.
Ma’lumot o’rnida, ayni kunlarda Sankt-Peterburg shahrida Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari rektorlarining 4-mintaqalararo konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Bugun mazkur tadbir doirasida bir qancha oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamorlik hujjatlari imzolandi.

