Seviliya Universiteti
Yevropa Universitetlari Tajribasini O‘rganishga Qaratilgan Safar
2022 yilning 07-13 iyun kunlari Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova Ispaniya Qirolligining Sevilya shahrida joylashgan Sevilya universitetida "International Staff training Week" xalqaro tadbirida ishtirok etdi. Mazkur tadbirda O‘zMU vakillari bilan bir qatorda dunyoning 10 dan oshiq davlatlaridan 60 nafar xalqaro aloqalar bo‘limi xodimlari va talabalar ishtirok etishdi.
Tadbirning asosiy maqsadi universitetni xalqarolashtirish, akademik mobillikni oshirish, xalqaro akademik aloqalarni kengaytirish va Yevropa universitetlari tajribasini ommalashtirishdan iborat.
Safar davomida O‘zMU va Sevilya universiteti bilan hamkorlik aloqalarni rivojlantirish, Yevropa universitetlari bilan xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchi va talabalar akademik almashinuvini kengaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borildi hamda Yevropa universitetlarini xalqaro reytingdagi yutuqlari va tajribasi o‘rganildi.
Shuningdek, O‘zMU va Sevilya universiteti o‘rtasidagi xalqaro aloqalarini yanada kengaytirish maqsadida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.
(Ma’lumot uchun: University of Seville – QS by Subject Rankings xalqaro reytingida 551-560 o‘rinda turadi).
O‘zbekiston Milliy Universitetiga Ispaniya Qirolligining Sevilya Universiteti Xalqaro Aloqalar Bo‘yicha Prorektori Rosario Asian Chaves Boshchiligidagi Delegatsiya Tashrif Buyurdi
2022 yil 15-iyul kuni O‘zbekiston Milliy universitetiga Ispaniya Qirolligining Sevilya universiteti Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Rosario Asian Chaves boshchiligidagi delegatsiya tashtif buyurdi Eslatib o‘tamiz iyun oyida maskur universitetga O‘zbekiston Milliy universiteti delegatsiyasi tashtif buyugan edi va ikki universitet o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun Memorandum imzolash masalalari ko‘rib chiqilgan edi. Bugun Rosario Asian Chaves boshchiligidagi delegatsiya tashtif buyurib universitet rahbari tomonidan imzolangan memorandumni Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektorga taqdim etdi. Uchrashuvda tomonlar hamkorlikning keyingi bosqichlarini tashkil qilish xususan Iqtisodiyot va Tarix sohalarida ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha bir qancha takliflarni muhokama etdilar mehmonlar Geografiya fakulteti muzeyi va Universitet axborot markazi bilan tanishib chiqdilar.