Inom Madjidov boshchiligidagi O‘zbekiston Milliy universiteti delegatsiyasining Shvetsiyaga safari davomida oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot sohalarida ikki mamlakat o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan qator uchrashuvlar o’tkazildi.
Navbatdagi muzokara Shvetsiya tadqiqotlar va oliy ta’lim sohasida xalqaro hamkorlik jamg‘armasi (STINT) ijrochi direktori, doktor Andreas Gyotenberg bilan olib borildi.
Uchrashuvda xalqaro tadqiqot loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, akademik harakatchanlikni kengaytirish, Shvetsiya va O‘zbekiston oliygohlari o‘rtasida ilmiy hamkorlikni rivojlantirish hamda shved olimlari rahbarligida yosh tadqiqotchilar va doktorantlarning ilmiy tadqiqotlarini olib borish kabi masalalar muhokama qilindi.
Ayniqsa, barqaror rivojlanish maqsadlarining barqaror energiya, toza suv, iqlim harakati, gender tenglik, ijtimoiy tenglik kabi bir qancha yo‘nalishlarda mavjud umumglobal muammalarning ilmiy yechimiga bag‘ishlangan tadqiqotlar olib borish muhimligi takidlab o‘tildi.
Shvetsiya tadqiqot va oliy ta’lim sohasida xalqaro hamkorlik jamg‘armasi (STINT) oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida xalqaro hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan fonddir. STINT xalqarolashuv doirasida bilim va kompetensiyalarni rivojlantirishga ko‘maklashadi va Shvetsiya universitetlarining tadqiqotchilari, o‘qituvchilari va rahbarlari tomonidan taklif qilingan xalqarolashuv loyihalariga sarmoya kiritadi.
O‘zMU Axborot xizmati