O‘zbekiston Milliy universitetiga biriktirilgan Toshkent shahri Olmazor tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Sport – do‘stlik va birdamlik maydoni” shiori ostida “Rektor kubogi” sport musobaqasi tashkil etildi.
Mazkur musobaqada Olmazor tumanidagi 8 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoalari ishtirok etdi. O‘quvchi-yoshlar sportning mini futbol va voleybol turlari bo‘yicha o‘zaro bellashib, jismoniy tayyorgarligi, jamoaviy hamjihatligi hamda sport mahoratini namoyon etdilar.

Musobaqaning asosiy maqsadi o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, o‘zaro hurmat va do‘stlik muhitini mustahkamlash, shuningdek, vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada yuksaltirishdan iborat bo‘ldi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar quyidagicha aniqlandi:
Mini futbol (yigitlar)
1-o‘rin — 191-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi;
2-o‘rin — 261-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi.
Voleybol (qizlar)
1-o‘rin — 261-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi;
2-o‘rin — 111-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi;
3-o‘rin — 191-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi.
Voleybol (yigitlar)
1-o‘rin — 111-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.