Germaniyaning Stadt Monchengladbach Universiteti Professori Helge Kleifeld Oʻzbekiston Milliy Universitetiga Tashrif Buyurdi
Uchrashuvda Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor Raima Shirinova, Nemis filologiyasi kafedrasi mudiri Shuxratxon Imyaminova, Xalqaro hamkorlikni tashkil etish boʻlimi boshligʻi Javlonbek Madatov qatnashishdi.
Suhbat davomida Germaniyaning Stadt Monchengladbach universiteti bilan hamkorlikni kengaytirish, va professor-oʻqituvchilar almashinuvi hamda talabalar akademik mobilligini oshirish masalalariga toʻxtalib oʻtildi. Kelgusida Germaniyaning Stadt Monchengladbach universiteti olimlari bilan birgalikda maqolalar chop etishga kelishib olindi.