Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Tabriklaymiz!

Joriy yilning 30-mart kuni O‘zbekiston Milliy universitetida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan “Har kuning bo‘lsin, Navro‘z” shiori ostidagi bayram sayllari asnosida o‘tkazilgan urf-odatlar namoyishi, ko‘rik-tanlov va sport musobaqalarida ishtirok etgan g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur taqdirlash marosimida universitet rektori Inom Madjidov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Jabbor Muhammadiyev, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Yoshlar ittifoqi universitet boshlang‘ich tashkiloti, Talabalarni turar-joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo‘limi va barcha fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, fakultet dekanlarining xotin-qizlar maslahat kengashi raislari hamda talabalar turar joyida istiqomat qiladigan va g‘olib bo‘lgan barcha talabalar ishtirok etdi.

“Har kuning bo‘lsin, Navro‘z” shiori ostidagi  bayram saylida o‘tkazilgan urf-odatlar namoyishi, ko‘rik-tanlov va sport musobaqalarida quyidagi o‘rinlarni qo‘lga kiritilganligi e’lon qilindi:

Talabalar turar joylarida fakultetlarga taqsimlangan viloyatlarning urf-odatlari va milliy qadriyat va an’analarining namoyishi bo‘yicha:
1-o‘rin - Jurnalistika fakulteti jamoasi;
2-o‘rin - Ijtimoiy fanlar fakulteti jamoasi;
3-o‘rin - Gidrometreologiya hamda Geografiya va tabiiy resurslar fakultetlari jamoalari.


Shuningdek, quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha:
“Eng yaxshi sahna bezagi” – Iqtisodiyot fakulteti jamoasi;
“Eng yaxshi milliy kiyimlar” – Ekologiya fakulteti jamoasi;
“Eng yaxshi hunarmandchilik” – Xorijiy filologiya fakulteti jamoasi.


“Mohir oshpazlar” ko‘rik tanlovida g‘oliblikni:
1-o'rin - Kimyo fakulteti;
2-o'rin - Tarix fakulteti;
3-o'rin - Ekologiya hamda Fizika fakultetlari.


Sport yo‘nalishida:

“Arqon tortish” turi bo‘yicha:
1-o'rin - Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti;
2-o'rin - Fizika fakulteti;
3-o'rin - Tarix fakultet talabalari.


“Stol tennisi” turi bo‘yicha:
1-o'rin - Buxorov Farxod (Geologiya fakulteti);
2-o'rin - Maxsudov Mirjalol (O'zb-Isroil);
3-o'rin - Saksonboyev Berdaq (Matematika fakulteti).


“Tosh ko‘tarish” turi bo‘yicha:
1-o'rin- Orolov Dilshod (Tarix fakulteti);
2-o'rin- Musajonov Sarvar (Taekvondo va sport faoliyati fakulteti);
3-o'rin- Ne'matjonov G'anijon (Geologiya fakulteti).


“Kurash” sporti bo‘yicha:

66 kg vazn toifasida
1. Boboxonov Shaxzod (Taekvondo va sport faoliyati fakulteti);
2. Oltiboyev Sherzod (Taekvondo va sport faoliyati fakulteti);
3. Nizomov Qodirjon (Taekvondo va sport faoliyati fakulteti);
3. Nazirjonov Nodir (Ijtimoiy fanlar fakulteti).


81 kg vazn toifasida
1. Majidov Bexruz (Taekvondo va sport faoliyati fakulteti);
2. Shomuhammatov Otajon (Taekvondo va sport faoliyati fakulteti);
3. Ramazonov Xondamir (Taekvondo va sport faoliyati fakulteti);
3. Raximov Ravshan (Taekvondo va sport faoliyati fakulteti).


81+ kg vazn toifasida
1. Xusanov Sarvar (Kimyo fakulteti);
2. Abduxoliqov Faxriddin (Fizika fakulteti);
3. Normirzayev Dadaxon (Taekvondo va sport faoliyati fakukteti);
3. Nuriddinov Jamoliddin (Tarix fakulteti).

Ushbu ko‘rik-tanlov va sport o‘yinlari “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish toʻgʻisida”gi konsepsiyasida keltirilgan yosh avlodning sog‘lom o‘sishi, sifatli ta’lim olishi va barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishini ta’minlash, shuningdek, yoshlarning madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Bayram saylida faol ishtirok etgan quyidagi fakultet jamoalari tashakkurnoma bilan taqdirlandilar: 
1. Biologiya fakukteti;
2. Taekvondo va sport faoliyati fakulteti;
3. Matematika fakulteti;
4. Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti; 
5. Kimyo fakulteti;
6. Fizika fakulteti.

G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovrinlar bilan munosib taqdirlandilar. Universitet rahbariyati tadbirni tashkil etishdagi faolligi uchun bir guruh ustozlarga, talaba-yoshlarga, o’z yordamini ayamay bergan barcha xodimlarga minnatdorchilik bildiradi.

O’zMU Axborot xizmati