Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

TABRIKLAYMIZ!

Joriy yilning 24-27 mart kunlari Tailantning Pataya shaxrida Parakanoe bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tdi.
Musobaqada O'zbekiston Milliy universiteti Taekvondo va sport faoliyati fakulteti 4-bosqich talabasi Azizbek Abdulxabibov 2-o'rinni egalladi hamda kumush medal sohibi bo'ldi. Shuningdek, 2022-yil avgust oyida bo'lib o'tadigan Paraosiyo o'yinlariga litsenziyani qo'lga kiritdi.
Universitet rahbariyati va jamoasi nomidan talabamizning ushbu yutugi bilan muborakbod etamiz. Ota-onasi va ustozlariga minnatdorchilik bildiramiz. Keyingi musobaqalarda ham shunday g'oliblikni qolga kiritishni tilab qolamiz.
Ma`lumot o'rnida: O'zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 4 ta oltin, 4 ta kumush medalni qo'lga kiritib, 1-o'rinni egallashdi.

O`zMU Axborot xizmati