Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Taif Universiteti

Saudiyalik olimlar kvant kompyuter va kvant hisoblash texnologiyasi bo’yicha seminar o’tdi

O’zbekiston Milliy universiteti Amaliy matematik va intellektual texnologiyalar fakultetida Kvant kompyuter va kvant hisoblash texnologiyalari bo’yicha xorijiy olimlar ishtirokida seminar tashkil etildi.

Unda Saudiya Arabistonidagi Taif universiteti professorlari Elsayed Abdelkhalek Mohamed va Azhari Abdalla Alhag Mohamedlar ishtirok etishdi.

Xorijiy olimlar kvant informatika va kvant kriptografiya sohalarida olib borilayotgan tadqiqotlar, kvant axborotlarni qayta ishlash va kvant hisoblash usullari bo’yicha ma’ruza qilishdi.

Ma’lumot uchun, Elsayed Abdelkhalek Mohamed O’zbekiston Milliy universiteti mustaqil izlanuvchisi sifatida tadqiqotlar olib borgan va doktorlik dissertasiyasini himoya qilgan. Uning Scopus bazasidagi H indeksi 80 ni tashkil etadi.