O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, muzey ekspozitsiyalari, tarixiy materiallar hamda majmuaning boy ma’naviy merosi bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida talabalarga majmuaning barpo etilish tarixi, qatag‘on qurbonlarining fojeali taqdiri, ularning Vatan ravnaqi yo‘lidagi fidokorona xizmatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Muzey mutaxassislari tomonidan eksponatlar va arxiv hujjatlari asosida yurtimiz tarixining murakkab va sinovli davrlari keng yoritib berildi.
Ekskursiya jarayonida talabalar mustaqillik yillarida tarixiy adolatni tiklash, ajdodlar xotirasini e’zozlash hamda milliy qadriyatlarni asrab-avaylash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha tasavvurga ega bo‘ldilar.
Mazkur tashrif yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, ularda vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirish hamda milliy o‘zlikni anglashga xizmat qildi.
Tadbir “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tashkil etilib, talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini boyitish hamda tarixiy merosimizga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratildi.