Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Talabalar turar joylari masʼullar diqqat markazida

Qishki taʼtil yakunlanib, talabalar oʻqishga qaytishdi. Yotoqxonalar talabalar bilan yana toʻldi. Shu munosabat bilan masʼullar TTJlardagi sharoitlarni oʻrganish, talabalar bilan fikr almashish maqsadida yotoqxonalarga tashrif buyurishdi.

Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi xodimlari O‘zbekiston Milliy universiteti yotoqxonalaridagi vaziyatni o‘rgandi. Bundan tashqari, isitish tizimida muammo bor TTJlardagi kamchiliklarni bartaraf etilganlik holati o‘rganildi. Talabalar bilan oliygoh rahbariyat vakillari, vazirlik mutasaddi xodimlari ishtirokida suhbat tashkil etildi.

O‘zbekiston Milliy universiteti boshqa bir yotoqxonasida esa talabalarning kayfiyatini ko‘tarish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etildi.

Toshkent davlat texnika universiteti talabalar turar joyida oliygoh rektori Sadriddin Turobjonov tashrif buyurib, talabalar bilan suhbatlashdi. Yotoqxonadagi sharoitlar bilan tanishdi. Bundan tashqari, talabalar va tyutorlar o‘rtasida shaxmat, shashka va stol tennisi bo‘yicha bellashuvlar tashkil etildi.