Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Tarix


Tarix fakulteti 1935 yilda tashkil etilgan bo`lib, unda Qadimgi dunyo tarixi, O`rta asrlar tarixi va Yangi zamon tarixi kafedralari faoliyat olib borgan. Uning tarkibiga keyinchalik "Arxeologiya", "O`rta asrlar va yangi tarix"(keyinroq "Jahon tarixi"), Manbashunoslik, arxivshunoslik va muzeyshunoslik, Etnologiya kafedralari ham kirdi. Fakultet faoliyati davomida I.Dodonov, D.Lobashev, A.Hamraev, X.Hamroev, L.Gentshke, G.Kovalyov, O.Toshmuhammedov, G.A.Hidoyatov, A.S. Sagdullaev, X.G`. G`ulomov, Z.U. Choriev, A.S. Tatibaev Z.R.Ishonxo`jaeva, M.M.Haydarovlar tomonidan boshqarilgan. Hozirgi kunda fakultetga A.Muminov rahbarlik qilib kelmoqda.


Ilmiy faoliyat

2017 yil dekabr oyida kafedra professori A.S.Sagudullaevga Akademik unvoni berildi.

Tarix fakultetining Arxeologiya kafedrasi qoshida 1940 yildan tashkil etilgan o`quv kabinet-muzeyi faoliyat yuritmoqda. 1940 yilda Arxeologiya kafedrasining ochilishi vaqtida asos solingan. Ushbu kabinet muzeyida talabalar turli arxeologik topilmalarni taxlil qilish, tiplarga ajratish, klassifikatsiyalash, fiksatsiya hamda restavratsiya qilish bo`yicha amaliy mashg`ulotlarni amalga oshirishadi. Shuningdek, muzeyda arxeologik fond mavjud bo`lib, unda kafedraning arxeologik dala topilmalari saqlanadi.

Arxeologiya kafedrasi qoshida zamonaviy asbob-uskunalarga ega bo`lgan GIS laboratoriyasi tashkil etilgan. Laboratoriya ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar uchun zamonaviy moddiy-texnik jihozlar bilan ta`minlandi. Hozirgi kunda Toshkent, Toshkent viloyati va Qarshi vohasi arxeologik yodgorliklarini zamonaviy jihozlar bilan tadqiqotlar asosida o`rganish keng yo`lga qo`yilgan.

Tarix fakultetida talabalar uchun tashkil etilgan "Xalqaro hayot" ilmiy-amaliy seminari doirasida 2018 yil 1 may kuni akademik A.S.Sagudullaevning "Markaziy Osiyo qadimgi xalqaro aloqalar tizimida" mavzusidagi workshop shaklidagi seminar mashg`uloti bo`lib o`tdi.


Professor o‘qituvchilar to‘g‘risida   

 Professor-o‘qituvchilar soni umumiy  67 tani tashkil etadi,jumladan:

  • 1  akademik
  • 13  nafar fan doktori
  • 18  nafar fan nomzodi
  • 15  nafar PhD 
  • 20 ilmiy darajasi yo‘q o‘qituvchilar

 Professor o‘qituvchilar tarkibi    (erkak 41/ ayol 24)


Ta’lim dasturlari soni: 

  • Bakalavr - 4 yo‘nalishda
  • Magistratura - 6 mutaxassislikda
  • Ilmiy darajalar beruvchi, 1 ta ilmiy kengash
  • 1 ta mutaxassislikda (DSc, PhD)  

Bakalavr yo‘nalishlari(kunduzgi):

60220300 Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)

60220400 Arxeologiya

60320300 Arxivshunoslik

60230500 Antropologiya va etnologiya


Bakalavr yo‘nalishlari(kechki): 

60220300 Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)

60220400 Arxeologiya

Bakalavr yo‘nalishlari(sirtqi): 

60220300 Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)

60320300 Arxivshunoslik


Ikkinchi mutaxassislik (mavjud bo‘lsa)

60220300 Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)

60320300 Arxivshunoslik


Magistratura mutaxassisligi:

70220301 Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turi bo‘yicha)

70220302 Davlat va fuqarolik jamiyati institutlari boshqaruvi

70220303 Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (mamlakatlar bo‘yicha)

70220401 Arxeologiya

70230501 Etnografiya, etnologiya va antropologiya

70320301 Hujjatchilik, hujjatshunoslik va arxivshunoslik


Talabalar kontingenti

Kurslar kesimida

1-kurs: 301 ta
2-kurs: 420 ta
3-kurs: 405 ta
4-kurs: 184 ta


 Yigitlar / qizlar soni

1-kurs: 198/103
2-kurs: 301/119
3-kurs: 291/114
4-kurs: 135/49

5.4.Talabalar turar joyi (foto) va talabalarning TTJ dan foydalanish ko‘rsatkichi (raqamlarda)


Fakultet tarkibidagi kafedralar

  1. O‘zbekiston tarixi
  2. O‘zbekistonning eng yangi tarixi
  3. Manbashunoslik va arxivshunoslik
  4. Jahon tarixi
  5. Antropologiya va etnologiya
  6. Arxeologiya