Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Tashabbusli byudjet – yoshlar nigohida

Byudjet daromadlari va xarajatlari shaffofligini taʼminlash, bu jarayonda jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, aholining, xususan, yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirish hukumat tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu bois, O‘zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakulteti talabalari uchun “O‘zbekistonda tashabbusli byudjet jarayonlarini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida o‘tkazilgan amaliy seminar yuqorida belgilangan vazifalar ijrosiga bag‘ishlandi.
Mazkur seminarda talabalarga tashabbusli byudjetlashtirish jarayonining meʼyoriy-huquqiy asoslari, uni amalga oshirish mexanizmi keng tushuntirilib, joriy yilda “Open budget” axborot portaliga fuqarolarning tashabbusi asosida kiritilgan loyihalar tahlil qilindi. Shuningdek, vazirlikning “Yoshlar-yuqori marralar” platformasi, tashabbusli byudjetlashtirish jarayonida talabalar ishtirokini rag‘batlantirish maqsadida joriy etilgan “Tashabbuskor byudjet elchisi” tanlovi bo‘yicha batafsil maʼlumot berildi.
Seminar davomida talabalar mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, savollariga soha mutaxassislari tomonidan atroflicha javob oldilar. Mazkur o‘quv seminarlarning dastlabki bosqichida Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi, keyingi bosqichda respublikamizning boshqa hududlarida joylashgan oliy taʼlim muassasalari talabalari qamrab olinadi.

O’zMU Axborot xizmati