Geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (2022), Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU Fizika fakulteti Gidrometeorologiya bo‘limi Quruqlik gidrologiyasi va meteorologiya kafedrasi v.b.dotsenti. Toshkent viloyati Piskent tumanida tavallud topgan (1992 y.). Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMUda bakalavriatura bosqichini 2016 yilda, magistraturani esa 2018 yilda tamomlagan.
Respublika hamda xalqaro miqyosdagi ilmiy anjumanlar ishtirokchisi. 20 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi, 10 ga yaqin ilmiy maqolalari respublika va xalqaro davriy ilmiy jurnallarda chop etilgan. Hammuallifligida 2 ta darslik, 1 ta o‘quv qo‘llanma nashr ettirilgan.