Alimardonov Lazizjon G‘ayrat o‘g‘li – 1992 yili 31 martda Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumani Avg‘onbog‘ mahallasida tug‘ilgan. U 2017 yilda O‘zbekiston Milliy universitetining Geografiya fakulteti Gidrologiya bakalavriatura yo‘nalishiga davlat granti asosida talabalar safiga qabul qilingan va uni 2021 yilda tamomlagan. Bakalavriatura bosqichini muvaffaqiyatli tugatgach, u 2021 yilda O‘zMU Gidrometeorologiya fakulteti “Gidrometeorologiya” magistratura mutaxassisligiga qabul qilingan va 2023 yilda ushbu mutaxassislikni tugatgan. 2023 yildan “Quruqlik gidrologiyasi” hamda 2024 yildan “Quruqlik gidrologiyasi va meteorologiya” kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. U 10 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, 5 dan ziyod ilmiy maqolalari respublika va xalqaro davriy ilmiy jurnallarda chop etilgan.